2025 yilning yanvar–avgust oylarida “Soliq” mobil ilovasining “Soliq hamkor” tizimi orqali 73 309 ta murojaat kelib tushgan. Shundan:
🔵66 198 ta xarid cheki bermaslik,
🔵 2 658 ta to‘lovni plastik karta orqali qabul qilmaslik,
🔵 169 ta kartada to‘lovda summani sun’iy oshirish,
🔵 4 284 ta boshqa turdagi qonunbuzilish holatlari.
Huquqbuzarlik haqida xabar bergan fuqarolarga 29 578 ta holat bo‘yicha jami 21,3 mlrd so‘m (jarima summasining 20%) mukofot to‘langan.
📌Eslatib o‘tamiz, chek berilmagan yoki boshqa soliq huquqbuzarliklari bo‘yicha murojaatlarni “Soliq” mobil ilovasidagi “Soliq hamkor” bo‘limi orqali yuborish mumkin.