Bugun 2 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Soliq huquqbuzarliklari haqida xabar berganlik uchun pul to‘lash tartibi belgilandi

A A A
Soliq huquqbuzarliklari haqida xabar berganlik uchun pul to‘lash tartibi belgilandi

“Savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida jamoatchilik nazorati samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (255-son, 12.05.2022 y.) qabul qilindi

📋 Qaror bilan Sotib olingan tovarlar (xizmatlar) qiymatining bir qismini jismoniy shaxslarga qaytarish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

☑️ Nizomga muvofiq, O‘zbekiston va chet davlatlar fuqarolariga hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan sotib olingan tovarlar (xizmatlar) qiymatining 1 foizi ularning fiskal belgili cheklari soliq organlarining maxsus mobil ilovasi orqali ro‘yxatdan o‘tkazilgan taqdirda qaytariladi.

⏩ Korporativ karta orqali tovarlar (xizmatlar) sotib olingan hollarda, soliq organlarining maxsus mobil ilovasida chek ro‘yxatdan o‘tkazilganda jismoniy shaxslarning bank kartasi raqami ko‘rsatiladi.

🚫 Quyidagi cheklar soliq organlarining maxsus mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi:

▫️berilgan kundan boshlab 10 kun o‘tgan cheklar;
▫️avval ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki sotib olingan tovarlar (xizmatlar) qiymatining bir qismi qaytarilgan cheklar;
▫️avtomobil, havo va temir yo‘l chiptalarini sotib olish natijasida olingan, shuningdek, aloqa va kommunal xizmatlar uchun amalga oshirilgan to‘lov cheklari;
▫️shubhali xaridorlar reestriga kiritilgan jismoniy shaxslar cheklari.

❗️Jismoniy shaxs tomonidan sotib olingan tovarlar (xizmatlar) qiymatining bir qismini qaytarib olinishi ushbu jismoniy shaxsning jami daromadiga kiritilmaydi.

🔰Shuningdek, qaror bilan Maxsuc dastur orqali soliqqa oid huquqbuzarliklar aniqlangan holatlar haqida soliq organlarini xabardor qilgan jismoniy shaxslarga pul mukofotini to‘lash to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

➡️ Unga ko‘ra, soliq organlari aniqlangan soliqqa oid huquqbuzarliklar holatlari haqida soliq organlarining maxsus dasturi orqali quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan holda xabardor qilinadi:

➖sodir etilgan soliqqa oid huquqbuzarlik turi;
➖soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etgan xo‘jalik yurituvchi sub’ekt joylashgan joy.

✅ Huquqbuzarliklar haqida xabar berishda jismoniy shaxs soliq organlarining maxsus dasturida mobil telefon hamda bank kartasi raqamlarini ko‘rsatadi.

💰Bir martalik pul mukofoti soliq huquqbuzarliklari uchun belgilangan jarimalarning 20 foizi miqdorida belgilanadi.

🔰 Jismoniy shaxslarga bir martalik pul mukofoti quyidagi holatlar to‘g‘risida soliq organlarini xabardor qilganlik uchun to‘lanadi:

🔸 onlayn nazorat-kassa texnikasi va hisob-kitob terminallarini qo‘llash tartibi buzilganligi;
🔸 naqd pul mablag‘lari yoki plastik kartochkalar bo‘yicha to‘lov shakliga qarab narxlar sun’iy ravishda oshirilganligi yoki pasaytirilganligi;
🔸 tadbirkorlik faoliyati davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan amalga oshirilganligi;
🔸identifikasiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash nazarda tutilgan mahsulotlarda qalbaki markirovka qo‘llanilganligi yoki markirovka mavjud emasligi;
🔸 savdo va xizmatlar ko‘rsatish qoidalarining buzilishi aniqlangan boshqa holatlar.

Kiritildi: 10:58 14.05.2022. O'qildi: 2407 marta. Fikrlar soni: 5 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!