Joriy yilning 5 oyida soliq huquqbuzarliklari haqida 61 mingdan ortiq murojaat yo‘llangan.
2023 yil yanvar-may oylarida «Soliq» mobil ilovasining «Soliq hamkor» tizimi orqali soliq huquqbuzarliklari haqida 61 286 ta murojaat kelib tushgan.
Shundan:
Murojaatlarning 34 412 tasi takroriy bo‘lganligi yoki shikoyat kelib tushgan tadbirkorlik sub’ektida tekshiruv davom etayotganligi sababli qaytarilgan.
Murojaatlar asosida 22 569 ta sayyor soliq tekshiruvi o‘tkazilib, 99,6 foiz holatda huquqbuzarlik tasdiqlangan.
Natijada, huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha xabar bergan fuqarolarga 2023 yil davomida to‘langan mukofot summalari 21 942 ta holat bo‘yicha (undirilgan jarima summasidan 20 foiz) 10,9 mlrd so‘mga yetdi.