Bugun 31 may, 2025 yil, shanba

КИР

Sog‘lom ovqatlanish umrni o‘n yilga uzaytiradi – tadqiqot

A A A
Sog‘lom ovqatlanish umrni o‘n yilga uzaytiradi – tadqiqot

Xalqaro olimlar guruhi sog‘lom ovqatlanishga o‘tish o‘rta yoshli odamning umrini 10 yilga uzaytirishini aniqlashdi.

Tadqiqotchilar 40 dan 69 yoshgacha bo‘lgan 467 354 ishtirokchi ma’lumotlarini tahlil qilishdi, ular irsiy va atrof-muhit omillarining odamlarda kasallikning rivojlanishiga ta’sirini o‘rganishdi.

Nosog‘lom ovqatlanishdan sog‘lom ovqatlanishga o‘tgan odamlarni avvalgi turmush tarzini saqlab qolgan ishtirokchilar bilan taqqoslab, ekspertlar birinchi holatda umr ko‘rish davomiyligi o‘rtacha bir necha yilga ko‘payganini aniqlashdi. Xususan, nosog‘lom ovqatlanishdan sog‘lom ovqatlanishga o‘tgan va unga amal qilgan o‘rta yoshlilar umri o‘rtacha o‘n yilga uzaydi.

Natijalar shuni ko‘rsatadiki, uzoq umr ko‘rish bilan bog‘liq bo‘lgan parhez butun don, mevalar, baliq va oq go‘shtni o‘rtacha iste’mol qilishni o‘z ichiga oladi. Sut va sut mahsulotlari, sabzavotlar, yong‘oqlar va dukkakli ekinlarni ko‘p iste’mol qilish, tuxum, qizil go‘sht va shirin ichimliklarni nisbatan kam iste’mol qilish umrni uzaytirishi aniqlandi, deb xabar beradi lenta.ru.

Kiritildi: 22:02 29.11.2023. O'qildi: 2103 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!