Prezidentimizning tegishli qarori bilan Farrux Raximovich Sharipov va Farxodjon Muxammadjonovich Tashpulatov O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
F. Sharipov 1969 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. 1993 yil Samarqand davlat tibbiyot instituti, 2010 yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.
2002-2009 yillarda Toshkent tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i, 2009-2012 yillarda Sirdaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida mehnat qilgan.
2012-2014 yillarda Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh boshqarma boshlig‘i bo‘lgan. 2015-2016 yillarda Yakkasaroy tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
F. Sharipov 2021 yildan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi ijro etuvchi direktori vazifasida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.
F. Tashpulatov 1983 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2004 yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, 2005 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qoshidagi ixtisoslashtirilgan Oliy biznes maktabini tamomlagan.
2006-2007 yillarda “Parvina sug‘urta” sug‘urta kompaniyasi Toshkent shahri direksiyasi direktori, 2007-2010 yillarda “O‘zbekinvest Hayot” sug‘urta kompaniyasi menejeri, bosh menejeri lavozimlarida mehnat qilgan.
2011-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida bir qancha mas’ul vazifalarda ishlagan.
F. Tashpulatov 2021 yildan “O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.