Bugun 23 sentyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Sochi aeroportida 50 dan ortiq reys kechiktirildi

A A A
Sochi aeroportida 50 dan ortiq reys kechiktirildi

Bu haqda “Meduza” nashri xabar bermoqda.

"8 avgust kuni Rosaviasiya Sochi osmonini yopgani sababli shahar aeroportida transport kollapsi yuz berdi. 9 avgustga kelib aeroportda 57 ta aviareys kechiktirilgan, yana bittasi bekor qilingan", deya xabar bermoqda nashr.

Sochi aeroportidagi kollaps sabab Sibir shaharlaridagi — Krasnoyarsk, Tomsk, Novosibirsk, Novokuznesk va Norilsk aeroportlaridagi reyslar ham kechikmoqda.

Rosaviasiya ko‘pincha Ukrainaning dron hujumlari sabab Rossiya aeroportlarining ishini cheklaydi, buning natijasida o‘nlab reyslar bekor qilinadi yoki kechiktiriladi.

Kiritildi: 20:55 09.08.2025. O'qildi: 1186 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!