Bugun 18 may, 2026 yil, dushanba

КИР

Sobiq MXX binosi o‘rnida 22 qavatli mehmonxona quriladi

A A A
Sobiq MXX binosi o‘rnida 22 qavatli mehmonxona quriladi

Radisson mehmonxonalar guruhi “Metropol Group” MCHJ bilan Toshkentda premium-klassdagi yangi mehmonxona ochish bo‘yicha kelishuv imzoladi. Bu haqda O‘zbekiston mehmonxonalar assosiasiyasi ma’lum qildi.

Radisson Collection Hotel nomli yangi otel shahar markazida, Sayilgoh ko‘chasidagi (xalq tilida “Brodvei”) sobiq Milliy xavfsizlik xizmatining bosh binosi o‘rnida joylashadi.

Bu yerda qurilajak mehmonxona kompleksi yaxlit me’moriy uslubga ega 4 ta binodan iborat bo‘lishi, asosiy va eng baland bino 22 qavat bo‘lib, unda 27 ming kv.m. maydonga ega Radisson Collection Hotel joylashishi kutilmoqda. Premium toifadagi otel mijozlarga 164 ta xona, xususan prezident lyuks xonalarini taklif etadi.

Majmua hududi jamoat joyi, savdo zonalari, kinoteatr, ofislar, apartamentlar va ko‘p qavatli yerosti avtoturargohni o‘z ichiga oladi.

Eslatib o‘tamiz, “Metropol Group” sobiq MXX binosini 2021 yil iyulida 210 mlrd so‘m evaziga xususiylashtirib olgandi. Bu kompaniyaning 100 foizi ulushi o‘sha vaqtda ham, hozirda ham sobiq tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning o‘g‘li Doniyor Komilovga tegishli ekani ko‘rsatilgan.

Ma’lumot uchun, o‘tgan oyda prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida yangi qurilishlarga vaqtincha moratoriy kiritilishini ma’lum qilgan edi.

Kiritildi: 22:38 01.03.2023. O'qildi: 2957 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!