Braziliya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Kaka murabbiy bo‘lish istagini bildirdi.
Lissabonda ko‘plab afsonalar ishtirokida xayriya o‘yini bo‘lib o‘tdi, ular orasida 43 yoshli Kaka ham bor edi. Xavbek 2017 yildayoq professional faoliyatini yakunlagan.
"Men futbolni yaxshi ko‘raman va har safar maydonga qaytganimda o‘zgacha hissiyotlarni boshdan kechiraman. Bir kun kelib murabbiy bo‘lishni istardim. Bu men uchun aql bovar qilmaydigan chaqiriq bo‘lardi," - deya Kakaning so‘zlarini keltiradi PianetaMilan La Gazzetta dello Sport nashriga tayanib.
Kaka futbolchilik faoliyatini Braziliyaning "San-Paulu" klubida boshlagan, shundan so‘ng "Milan", "Real" va "Orlando Siti" klublarida o‘ynashga muvaffaq bo‘lgan.
2007 yilda Kaka "Oltin to‘p" sohibiga aylangan.