Turkiyaning sobiq bosh vaziri Axmed Dovuto‘g‘li G‘azo aholisiga Falastin davlati tashkil etilishidan oldin referendum o‘tkazib, Turkiya Respublikasi tarkibiga avtonom hudud sifatida qo‘shilishni taklif qildi.
Uning fikricha, bunday harakat G‘azoni bosib olinishdan himoya qiladi, chunki u ilgari Usmoniylar imperiyasining bir qismi bo‘lgan.
Shuningdek, Dovuto‘g‘li Turkiyaning Usmoniylar imperiyasining vorisi sifatida G‘azoni o‘z ichiga olgan oxirgi qonuniy davlat ekanligini aytdi.