Bugun 13 fevral, 2025 yil, payshanba

КИР

Samarqandda turistik avtobus ag‘darilib ketdi, qurbon bor

Samarqandda turistik avtobus ag‘darilib ketdi, qurbon bor

Samarqand viloyatining Jomboy tumanida avtobus ag‘darilishi oqibatida bir kishi vafot etdi. Bu haqda viloyat transport boshqarmasi xabar berdi.

11 fevral kuni soat 7:00 lar atrofida Jomboy tumani «Samarqand» mahallasi hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lining 1079-kilometrida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi Zhong tong rusumli avtobus harakatlanib kelayotib ko‘prik ustida YTHga uchragan.

Aniqlanishicha, avtobus haydovchisi Cobalt rusumli transport vositasining holatini inobatga olmasdan tezlikni me’yoridan oshirib yuborgan va tormozni keskin ravishda bosgan, deyiladi viloyat IIB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati xabarida.

Oqibatda bir nafar yo‘lovchi tibbiyot birlashmasida vafot etgan.

Holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov oldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 01:50. O'qildi: 1622 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!