Uyqu paytida sevimli smartfoningizni o‘zingizdan uzoqroqqa qo‘yganingiz ma’qul. Bu haqda nevropatolog Mariya Ignatova xabar berdi.
"Telefon ekranining ko‘k chiroqlari ko‘zlarga, biologik ritmlarga salbiy ta’sir qiladi, uyqusizlik, bosh og‘rig‘ini keltirib chiqaradi, ish faoliyatini pasaytiradi, xotirani zaiflashtiradi va degenerativ ko‘z kasalliklarini keltirib chiqaradi", – dedi mutaxassis.
Shu bilan birga, nevrologning eslatishicha, ba’zi odamlar gadjetlarga qaram bo‘lib, ularni ko‘z oldida saqlashni ma’qul ko‘radi. Mutaxassisning tushuntirishicha, uxlash vaqtida smartfonni yotoqdan kamida 2 metr masofada saqlash kerak, shuningdek gadjetni tarmoqdan uzib qo‘yish lozim.
Radiochastota nurlanishining odamlarga zararli ta’sirini ta’kidlab, Mariya Ignatova ushbu maxsus nurlanishning hozirgi kunda smartfonlar tomonidan salbiy ta’siri isbotlanmaganligini tushuntirdi.
Shu bilan birga, nevrolog ta’kidlaganidek, boshqa gadjetlarning radiochastota nurlanishi inson tanasining to‘qimalariga singib ketadi va organizmga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Buning oqibatlari orasida mutaxassis nevrologik kasalliklarning ko‘payishini, bepushtlik va saraton xavfini qayd etdi. Bolalar, yurak-qon tomir va asab tizimlarining buzilishlaridan aziyat chekadigan odamlar, shuningdek, homilador ayollar elektromagnit maydonlarga ayniqsa sezgir.