Bugun 10 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Smartfon tufayli bolalarda depressiya va semizlik rivojlanishi mumkin

Smartfon tufayli bolalarda depressiya va semizlik rivojlanishi mumkin

Hozirgi bolalar juda erta yoshdan boshlab smartfon ekraniga termulib, vaqt o‘tkazmoqda. Yaqinda olimlar aniqlaganidek, bu ularning sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Yangi tadqiqot doirasida amerikalik olimlar jamoasi smartfon ishlatish yoshi va erta o‘smirlik davridagi depressiya, semizlik, uyqusizlik o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rgandi. Jami 21 ta ilmiy ishdan 10 588 nafar ishtirokchining ma’lumotlari tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari Pediatrics jurnalida chop etildi.

Ma’lum bo‘lishicha, smartfonlardan foydalangan 12 yoshli o‘smirlarda depressiya rivojlanish xavfi ushbu gadjetni ishlatmagan tengdoshlariga qaraganda 30 foizga, semirish ehtimoli 40 foizga va yetarlicha uxlamaslik 60 foizga yuqori bo‘lgan.

Kiritildi: 22:05 09.12.2025. O'qildi: 313 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!