✅ Toshkent shahrida ta’lim sifati va o‘quvchilar davomati ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida yangi tizim «Smart School» elektron dasturi joriy etiladi.
«Smart School» dasturi orqali:
- o‘quvchilarning darsga qatnashishi va davomati elektron ravishda qayd etiladi;
- sun’iy intellekt yordamida bolalarning ruhiy holati tahlil qilinadi;
- o‘quvchilarning fanlarga qiziqishi, o‘qituvchilarning pedagogik salohiyati baholanadi.
Dastlabki bosqichda tizim Olmazor tumanidagi 31 ta maktabning 250 ta sinfida sinov tariqasida ishga tushiriladi.