O‘tgan yili suiqasddan omon qolgan Slovakiya Bosh vaziri Robert Fiso so‘nggi uch kundan beri sog‘lig‘ida muammolarga duch kelmoqda. Bu haqda u o‘z vatandoshlariga Facebookdagi videomurojaatida ma’lum qildi, deb xabar beradi TASS.
“Suiqasd chog‘ida olgan jarohatlar meni so‘nggi uch kundan beri bezovta qilyapti. Men (ish) dasturimning bir qismini bekor qilishimga to‘g‘ri keldi”, — dedi Fiso.
Fisoga suiqasd 2024 yil 15 mayda Slovakiya g‘arbidagi Gandlova shahrida sodir etilgan.