Mahalliy Tvnoviny telekanali xabariga ko‘ra, Fiso so‘nggi kunlarda bir nechta tadbirlarda ishtirok etishdan bosh tortgan. Qayd etilishicha, bunga o‘tgan yilgi suiqasddan keyin uning salomatligida yuzaga kelgan jiddiy muammolari sabab bo‘lgan.
Fiso, xususan, 1 May bayramida ishtirok etishdan bosh tortgan, Oksford universitetidagi ma’ruzani va Nitra shahridagi tadbirni keyinga qoldirgan. Rasmiy manbalar bosh vazir dasturidagi o‘zgarishlar sabablari haqida ma’lumot bermayapti.
Robert Fiso 9 may kuni Moskvada bo‘lib o‘tadigan paradda ishtirok etishini ma’lum qilgandi, endi uning bu tadbirda qatnashishi noaniq bo‘lib turibdi.
Avvalroq Moskvadagi “G‘alaba paradi”da ishtirok etishni rejalashtirgan Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchichning sog‘lig‘i to‘satdan yomonlashgani xabar berilgan edi.
Qayd etish joizki, Yevrokomissiya YEIga a’zo va a’zolikka nomzod davlatlarni Moskvadagi paradda ishtirok etishning salbiy oqibatlari haqida ogohlantirgan edi.