Bugun 26 sentyabr, 2025 yil, juma

КИР

"Siti" yulduzi "Barsa"ga yo‘l olishi mumkin

"Siti" yulduzi "Barsa"ga yo‘l olishi mumkin

"Barselona" sport direktori Deku yangi yulduz bilan shartnoma imzolash ustida ish olib bormoqda. Transfer News Live’ning Fichajes nashriga tayanib xabar berishicha, Deku kataloniyaliklar safiga "Manchester Siti" yarim himoyachisi Bernardu Silvani olib kelmoqchi.

Bernarduni kelasi yozda erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olish mumkin bo‘ladi. Bu muhim, chunki "Barselona" moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan kechirishda davom etmoqda. Avvalroq, "Manchester Siti" kelasi yozda Silva bilan xayrlashishga moyilligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Nufuzli Transfermarkt portali mutaxassislari 31 yoshli Bernardu Silvani 38 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 23:41 22.09.2025. O'qildi: 792 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!