Bugun 22 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

"Siti" rahbariyati jamoaning yangi mavsumda natijasi past bo‘lishidan xavotirda

"Siti" rahbariyati jamoaning yangi mavsumda natijasi past bo‘lishidan xavotirda

"Manchester Siti" rahbariyati jamoaning kelasi mavsumdagi o‘yinidan xavotirda. Sababi - bosh murabbiy Xosep Gvardiolaning shaxsiy hayotidagi murakkab vaziyat. Bu haqda The Sun xabar bermoqda.

OAV Gvardiolaning rafiqasi bilan ajrashgani haqida 2025 yil boshida xabar bergan edi. Mish-mishlarga ko‘ra, bunga Kristina Serraning eri unga karyerasidan ko‘ra kamroq e’tibor qaratayotganidan noroziligi sabab bo‘lgan. Ayni paytda bu juftlikning ajrashish jarayoni nihoyasiga yetmoqda, bu esa "Manchester Siti" bosslarini juda xavotirga solmoqda. Ularning fikricha, bu holat avgust oyining o‘rtalarida boshlanadigan yangi mavsumda jamoaning natijalariga ta’sir qilishi mumkin.

Klub rahbariyati Gvardiolaning rafiqasi bilan munosabatlaridagi muammolar o‘tgan qishda "shaharliklar"ning muvaffaqiyatsizliklari davriga to‘g‘ri kelganini eslaydi.

O‘tgan mavsumda "Manchester Siti" APL jadvalida uchinchi o‘rinni egalladi.

Kiritildi: 23:27 02.08.2025. O'qildi: 936 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!