Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Sirlar ochilmoqda: Mbappe «Real»ga o‘tish istagida

Sirlar ochilmoqda: Mbappe «Real»ga o‘tish istagida

«Pari Sen-Jermen» hujumchisi Kilian Mbappe kelajagini belgilab olgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 21 yoshli fransuz futbolchisi faoliyatini Madridning «Real» klubida davom ettirishni istamoqda.

Avvalroq, Mbappe «PSJ» rahbariyatini mavsum yakunida klubdan ketmoqchiligi haqida ogohlantirgani ma’lum bo‘lgandi. Forvard faoliyatini Ispaniya yoki Angliyada davom ettirishni mo‘ljallayotgani aytilgandi.

O‘z navbatida Mundo Deportivo ushbu futbolchi keyingi yil yozida «Liverpul»ga o‘tishi haqida xabar tarqatdi. Mersisaydliklar hujum uchligi vakillari - Firmino, Saloh yoki Manedan biri ketadigan taqdirda ushbu yosh futbolchini safga qo‘shib olishni rejalashtirgan.

Unga «Real» va «Liverpul»dan tashqari «Barselona», «Manchester Yunayted» va «Manchester Siti» kabi klublardan ham qiziqish mavjud.

Mbappe «PSJ»ga 2017 yil yozida «Monako»dan ijara huquqi asosida o‘tgan. Bir yil o‘tib parijliklar klubi forvardni 180 mln yevro evaziga sotib oladi. O‘tgan mavsumda ushbu hujumchi Fransiya chempionatidagi 20 o‘yinda maydonga tushib, 18 gol urgan va 5 golga uzatma bergan. Uning parijliklar bilan shartnomasi 2022 yilgacha tuzilgan. U barcha turnirlar doirasida jami 37 o‘yinda maydonga tushgan va 30 gol urib, 19 golga hammualliflik qilgan.

Kiritildi: 23:10 15.09.2020. O'qildi: 3227 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!