Ijtimoiy tarmoqda "Tahoe" rusumli, 01C700NA davlat raqam belgili avtomobilga ruxsat etilmagan qurilmalar ("sirena" va "migalka") o‘rnatilganligi aks etgan video tarqaldi.
Video yuzasidan Toshkent shahar IIBB JXX YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, ushbu avtomobil haydovchisi, 2001 yilda tug‘ilgan B.R.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 127-moddasi ikkinchi qismi tartibida bayonnoma tuzilib, avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga qo‘yildi.