Bugun 1 sentyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

"Sirena" va "migalka" o‘rnatilgan avtomobil bo‘yicha chora ko‘rildi

A A A
"Sirena" va "migalka" o‘rnatilgan avtomobil bo‘yicha chora ko‘rildi

Ijtimoiy tarmoqda "Nexia-2" rusumli, 80B761RA davlat raqam belgili avtomobilga ruxsat etilmagan qurilmalar ("sirena" va "migalka") o‘rnatilganligi aks etgan video tarqaldi.

Video yuzasidan Buxoro viloyati IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, ushbu avtomobil haydovchisi, 2002 yilda tug‘ilgan N.I.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 127-moddasi ikkinchi qismi tartibida bayonnoma tuzilib, avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga qo‘yildi.

Kiritildi: 12:27 17.02.2024. O'qildi: 2117 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!