Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sirdaryo viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro U.K. fuqaro SH. va D.larning ishonchiga kirib, ularni Toshkent viloyati, Qibray tumanidagi chegara postida ishlovchi tanishlari yordamida yashirin yo‘llar orqali Qozog‘iston Respublikasiga o‘tkazib qo‘yish evaziga 1 650 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan U.K.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi va 28, 211-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.