Bugun 26 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

Sirdaryodagi kanaldan 59 yoshli erkakning jasadi topildi

Sirdaryodagi kanaldan 59 yoshli erkakning jasadi topildi

Surishtiruv yakuni bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berilishi ma’lum qilingan.

Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanidan oqib o‘tuvchi kanaldan 59 yoshli erkakning jasadi topildi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 21 iyun kuni soat 11:46 da Sayxunobod tumani Ichki ishlar bo‘limidan tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga bir nafar fuqaroning tanasi suv yuzida turgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan hamda uning tanasini suvdan olib chiqish uchun amaliy yordam so‘ralgan.

Voqea joyiga yetib borgan qutqaruvchilar tomonidan Sayxunobod tumani “Baxmalsoy” MFY hududidan oqib o‘tuvchi tumanlararo o‘ng tarmoq kanalining 266-piketidan 1966 yilda tug‘ilgan fuqaroning tanasi olib chiqilgan.

Bildirilishicha, hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Yakuni bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berilishi ko‘zda tutilgan.

Kiritildi: 15:10 24.06.2025. O'qildi: 710 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!