Bugun 30 yanvar, 2026 yil, juma

КИР

Sirdaryoda yovvoyi o‘rdaklar noqonuniy ovlanganligi aniqlandi

Sirdaryoda yovvoyi o‘rdaklar noqonuniy ovlanganligi aniqlandi

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi Davlat ekologik nazorat inspeksiyasining Sirdaryo suv havzasini nazorat qilish bo‘limi hamda Qolg‘ansir davlat o‘rmon-ovchilik xo‘jaligi xodimlari tomonidan Sirdaryo viloyati DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda “Sholikor” suv iste’molchilari uyushmasi hududi, Qolg‘ansir davlat o‘rmon-ovchilik xo‘jaligiga chegaradosh hududda navbatdagi reyd tadbiri o‘tkazildi.

Reyd davomida 4 nafar fuqaro o‘zlariga tegishli ov qurollari yordamida 9 dona yovvoyi o‘rdakni hech qanday ruxsatnomasiz noqonuniy ravishda ovlaganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan huquqbuzarlarning har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari, ya’ni 8 million 240 ming so‘mdan, jami 32 million 960 ming so‘m miqdorida jarima tayinlandi. Shuningdek, tabiatga 3 million 708 ming so‘m zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi. Huquqbuzarlardan yetkazilgan zarar va jarima undirilishi belgilandi.

Yovvoyi hayvonot dunyosini muhofaza qilishga qaratilgan reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.

Kiritildi: Bugun 18:40. O'qildi: 282 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!