Netanyaxu ham Eron xavfsizlik kengashi kotibi Ali Larijoniyning o‘limiga munosabat bildirdi:
“Biz xalqqa hukumatni yo‘q qilish imkoniyatini bermoqchimiz. Hammasi birdaniga bo‘lmaydi, oson ham bo‘lmaydi. Ammo agar biz qat’iyat ko‘rsatsak, eronliklarga o‘z taqdirini o‘z qo‘llariga olishiga imkon beramiz.
Biz ko‘rfazdagi amerikalik ittifoqchilarimizga yordam beryapmiz. Biz bilvosita va to‘g‘ridan-to‘g‘ri harakatlar orqali yordam beramiz — oldinda hali ko‘plab kutilmagan hodisalar bor”. :
Avvalroq, Tramp ham Ali Larijoniy haqida fikr bildirgan edi.
"Aslida, ularning yuqori lavozimli vakili kecha o‘ldirildi. U namoyishchilarning o‘ldirilishi uchun javobgar edi"