Bugun 4 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Sirdaryoda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha takliflar bildirildi

Sirdaryoda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha takliflar bildirildi

Shavkat Mirziyoyev huzurida 5 may kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda quyidagi takliflar bildirildi:

▪️Ekinlarni yerlarning tuproq-iqlim xususiyatidan kelib chiqib yetishtirish, cho‘l hududlarda g‘alla, sabzavot va kartoshka hosildorligini oshirish.

▪️Sug‘orish tarmoqlarini ta’mirlab, ikki yilda 20 ming gektar yerni qayta foydalanishga kiritish.

▪️Oqoltin, Guliston va Boyovut tumanlaridagi 9 ming gektarda 3 ta yirik chorvachilik majmuasini ishga tushirish, 7 ming gektarda yangi texnologiya asosida paxta yetishtirish.

▪️10 ming gektar bog‘ va tokzordan 2 ming gektarini yangilab, xorijda xaridorgir mevalar yetishtirish.

Prezident ushbu takliflarni ma’qullab, hosildorlikni va aholi bandligini ta’minlash, oziq-ovqatga bo‘lgan ichki talabni to‘liq qoplash, qayta ishlash va eksport quvvatlarini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Kiritildi: 21:00 05.05.2025. O'qildi: 740 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!