Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Sirdaryoda ikki nafar firibgar qo‘lga tushdi: ularning aybi nima edi?

Sirdaryoda ikki nafar firibgar qo‘lga tushdi: ularning aybi nima edi?

Joriy yil 9 may kuni Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tuman prokuraturasidan tushgan hujjatlarga ko‘ra, 2019 yil 20 aprel kuni Lutfikor mahallasida yashovchi 32 yoshli V.N. murojaat qilib, 2018 yil sentyabr oyida S.Sheroziy mahallasida yashovchi 56 yoshli A.R. unga o‘zining 33 yoshli tanishi J.R. orqali, Lutfikor mahallasida joylashgan 0,5 gektar yer maydonining hujjatlarini 3 750 AQSh dollariga uning nomiga rasmiylashtirib berishini aytib, so‘ng kelishilgan pulning 15 mln. so‘mini A.R. va qolgan 2 000 AQSh dollarini J.R. olganligini bildirib va’dasini bajarmaganligini va ularga qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasiga ko‘ra, ko‘rilgan choralar natijasida A.R. va J.R.lar qo‘lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 14:25 10.05.2019. O'qildi: 1162 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!