Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi hamda Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi davlat inspektorlari tomonidan taqiqlangan ov qurollari bilan baliq ovlash holatlarining oldini olish maqsadida tezkor reyd tadbiri o‘tkazildi.
Reyd davomida Sirdaryo daryosidan chiqib kelayotgan “Moskvich” rusumli avtomashina inspektorlar tomonidan ko‘zdan kechirilganida, avtotransport vositasi yukxonasidan 1 dona baliq ovlashga mo‘ljallangan elektr qarmoq, 1 dona rezina qayiq, 3 dona akkumulyator hamda umumiy hisobda 19 dona baliq borligi aniqlandi.
Ovlangan baliqlar orasida 2 dona oq amur, 7 dona oqqayroq, 9 dona tovon baliq hamda O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan 1 dona Turkiston moylovdori bo‘lib, ular noqonuniy ravishda elektr qarmog‘i yordamida Sirdaryo daryosidan ovlanganligi ma’lum bo‘ldi.
Holat yuzasidan hayvonot dunyosiga 495 million so‘m zarar yetkazilgan.
Barcha hujjatlar huquqiy baho berish uchun tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etiladi.
Reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.