Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sirdaryo viloyati boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “S.O.” MCHJ sobiq rahbari A.X. va sobiq hisobchisi I.M.lar oylik ish haqi tarqatilganligi haqidagi hujjatlarni soxtalashtirish orqali MCHJning jami 614 mln so‘m mablag‘ini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) hamda 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.