Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Sirdaryo tumanida psixotrop va giyohvandlik moddalarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Sirdaryo tumanida psixotrop va giyohvandlik moddalarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sirdaryo viloyati boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlar doirasida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.X. Sirdaryo tumani, “Turkiston” MFY hududidagi xonadonida kuchli ta’sir qiluvchi va giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, undan tarkibida pregabalin psixotrop moddalari mavjud bo‘lgan 189,3 gramm kukun va 217 gramm “Marixuana” giyohvandlik moddasi ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovga tegishliligi bo‘yicha yuborilgan.

Kiritildi: Bugun 18:47. O'qildi: 239 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!