Bugun 1 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Eron bilan urush AQShga kuniga 2 milliard dollargacha tushmoqda

Eron bilan urush AQShga kuniga 2 milliard dollargacha tushmoqda

Bu haqda global mojarolarning iqtisodiy zararini o‘rganadigan ekspertlar BBC'ga ma’lum qildi.

Braun universitetining “Urush xarajatlari” loyihasi direktori Stefani Savelning aytishicha, qurol-yarog‘, harbiy xarajatlar, AQSh aktivlariga yetgan zarar va boshqa qator omillarni hisobga olganda, urush allaqachon amerikaliklarga o‘nlab milliard dollar zarar yetkazgan.

Pentagon mart oyi boshida urushning olti kuni Kongressga 11,3 milliard dollarga tushganini ma’lum qilgandi. Biroq Savel real raqamlar bundan ancha yuqori ekanini aytmoqda.

Garvard universitetining mudofaa byudjeti bo‘yicha eksperti Linda Blayms ham urushning kunlik xarajatlari allaqachon 2 milliard dollar atrofida ekanini ta’kidladi.

Savelning ta’kidlashicha, bunday katta xarajatlar oxir-oqibat oddiy amerikaliklar zimmasiga tushadi. Urush allaqachon Qo‘shma Shtatlarda benzin narxlarning oshishiga sabab bo‘lgan. Bundan tashqari, inflyasiya, biznesdagi noaniqlik va sug‘urta xarajatlarining oshishi kutilmoqda.

Oq uy urush harakatlarini davom ettirish uchun yana 200 milliard dollar so‘ragan. Savel bu raqamni “juda katta summa” deb atadi.

Kiritildi: Bugun 19:51. O'qildi: 567 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!