Bugun 13 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Sirdaryo prokurorining katta yordamchisi kuchli ta’sir qiluvchi dori bilan ushlandi

Sirdaryo prokurorining katta yordamchisi kuchli ta’sir qiluvchi dori bilan ushlandi

DXX ma’lumotiga ko‘ra, Toshkent viloyati Zangiota tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda viloyati prokurorining katta yordamchisi tekshirilganda uning mashinasida 50 dona “Zardeks” dori vositasi topilgan.

Shundan so‘ng, unga ushbu dorilarni sotgan Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida yashovchi 1997 yilda tug‘ilgan shaxs Toshkentda qo‘lga olingan. Undan 300 dona “Zardeks” ashyoviy dalil sifatida olingan.

Hozirda holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom etmoqda.

Kiritildi: 12:20 07.02.2025. O'qildi: 2168 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!