Bugun 5 oktyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Singapur haqida 25 ta muhim fakt

Singapur haqida 25 ta muhim fakt

“Singapur” tarjima qilinganida “arslon, sherlar shahri” degan ma’noni bildiradi.

  1. Singapur — ham shahar, ham alohida bir davlat.
  2. Singapur shahrining ramzi – orxideya hisoblanadi.
  3. Singapur orolda joylashgan bo‘lib, ammo uning tarkibiga yana 63 ta kichik orolchalar kiradi.
  4. Singapur davlatining aholisi soni 4,5 million kishini tashkil qiladi.
  5. Yil davomida Singapurda issiq va nam havo hukm suradi.
  6. Singapur Monakodan keyin aholisining zichligi bo‘yicha 2-o‘rinni egallaydi.
  7. Singapurda milliy til malayya tili hisoblanib, ammo birvarakayiga malayya, ingliz, xitoy va tamil tili rasmiy til maqomiga ega.
  8. Singapur porti bir vaqtning o‘zida birdaniga mingtagacha kemalarni sig‘dira oladi.
  9. Singapurni hazillashib ba’zida “jarimalar mamlakati” ham deb atashadi. Haqiqatan ham bu yerda jarima juda ko‘p, ammo ularning miqdori juda katta emas.
  10. Singapurda dunyo bo‘yicha jinoyatchilik darajasi juda past ko‘rsatgichni tashkil qiladi.
  11. Singapur ko‘chalarida juda kam polisiyachilarni ko‘rish mumkin bo‘lsa-da, biroq deyarli  shahar-mamlakatning har bir burchagida hoziru-nozir kameralar kuzatib turadi.
  12. Singapurda hech qanday tabiiy resurslar mavjud emas.
  13. Chuchuk suv Singapurga Malayziyadan import qilinadi.
  14. Singapurda hamma narsaning narxi baland.
  15. Singapurda hamma yoq juda toza va ozoda, xarob kulbalar va ifloslikni umuman uchratmaysiz.
  16. Aynan Singapurda dunyoda yagona Formula-1 tungi poygasi o‘tkaziladi.
  17. Singapurda avtomobilga egalik huquqi 60 ming singapur dollarini tashkil etadi va 10 yil muddatga beriladi.
  18. Singapurliklar – jahondagi eng sog‘lom kishilar hisoblanadi.
  19. Singapurning 3 foizga yaqin aholisi – dollar millionerlari.
  20. Singapurda firmani o‘n minut ichida ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin.
  21. Singapurda ommaviy axborot vositalari hukumatning nazorati ostidadir.
  22. Bu mamlakatda erkaklarga kalta shim (shorti) kiyib yurish taqiqlanadi.
  23. Sovutgichlar nafaqat binolarda balki ayrim ko‘chalarda ham mavjud.
  24. 24. Har bir avtomobil salonida sirenalarni ko‘rish mumkin, mashina agar soatiga 80 kilometrdan yuqori harakatlangan taqdirda avtomatik tarzda o‘chib qoladi.
  25. Singapurda saylovda ovoz berish yashirin tarzda emas.
Kiritildi: 04:30 29.06.2020. O'qildi: 19968 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!