Bugun 18 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Sim-karta sotib olish uchun o‘quvchilardan pul olib kelish so‘ralgan maktabda direktor ishdan haydaldi

Sim-karta sotib olish uchun o‘quvchilardan pul olib kelish so‘ralgan maktabda direktor ishdan haydaldi

Sim-karta sotib olish uchun o‘quvchilardan pul olib kelish so‘ralgan maktabda direktor ishdan haydaldi.

Mazkur holat Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani “Boyg‘uli” MFY hududida joylashgan 17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi filialida yuz bergan. Filialda 45 nafar boshlang‘ich sinf o‘quvchisi tahsil oladi.

Viloyat hokimining topshirig‘iga ko‘ra, maxsus ishchi guruh tomonidan o‘rganilganda haqiqatda o‘quvchilarni Tashabbusli byudjetda ovoz yig‘ish uchun jalb qilish bo‘yicha topshiriq maktab direktori tomonidan berilgani aniqlandi.

O‘quvchilarni kampaniyaga jalb qilgan sinf rahbarlariga intizomiy jazo berildi, maktab direktori L.Usmanova egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.

ℹ️ Ma’lumot uchun: Maktab jamoasi qo‘shimcha elektron doska, kompyuter jihozlari olish uchun Tashabbusli byudjetda ishtirok etgan. So‘ralgan mablag‘ miqdori – 300 million so‘m.

Kiritildi: 19:55 29.03.2023. O'qildi: 2383 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!