Shveysariyada sigirlar musobaqasi o‘tkazildi. Bu voqea Shveysariyadagi qishloqlardan birida 100 dan ziyod sigirlar ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Unda barcha sigirlar shoxli malika unvoniga ega bo‘lish uchun harakat qilishdi.
Bu har yili o‘tkaziladigan o‘yin. Unda sigirlarni keng maydonga olib chiqishadi, ular esa o‘zaro bellashishadi. Tashkilotchilarning aytishicha, buqalar bilan o‘tkaziladigan tanlovdan farqli o‘laroq, sigirlar kamdan-kam hollarda bir-biriga zarar yetkazishadi. Ular raqibni shoxlari bilan surishga va uni joyidan qo‘zg‘atishga harakat qilishadi, xolos. O‘z o‘rnidan qo‘zg‘alib, raqibiga birinchi bo‘lib o‘girilib olgan sigir mag‘lub hisoblanadi.
G‘olib butun yoz davomida taqib yuradigan, ko‘plab qo‘ng‘iroqlar bilan bezatilgan maxsus belbog‘ bilan taqdirlanadi.
Manba: segodnya.ua