Bugun 13 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Sifatsiz neft mahsulotini sotuvga chiqargan AYOQShga nisbatan chora ko‘rildi

Sifatsiz neft mahsulotini sotuvga chiqargan AYOQShga nisbatan chora ko‘rildi

"O‘zenergoinspeksiya" Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan Romitan tumanida joylashgan "T.A.A." MCHJga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasida neft mahsulotlarini tarqatish talablariga rioya etilishi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish davomida mazkur AYOQShda sotilayotgan AI-92 va AI-80 markali avtobenzindan namunalar olinib, laboratoriyada tahlil qilinganda davlat standart talablariga mos kelmaslik (sifatsiz) holati aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida O‘zbekiston Respublikasining "Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish to‘g‘risida"gi 940-sonli Qonunining 43-moddasi bo‘yicha iqtisodiy sanksiya qo‘llanildi.

Kiritildi: 10:51 18.04.2025. O'qildi: 852 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!