Xavfsizlik masalalari bo‘yicha mas’ul oliy vakillarning 13-xalqaro yig‘ilishiga 150 dan ortiq mamlakatlar va 20 dan ortiq xalqaro tashkilotlar taklif etilgan. Bu haqda Rossiya Federasiyasi Xavfsizlik kengashi matbuot xizmati ma’lum qildi , deb xabar beradi “TASS” .
Forum 27-29 may kunlari Moskvada Rossiya Federasiyasi Xavfsizlik kengashi kotibi Sergey Shoygu raisligida bo‘lib o‘tadi . Ta’kidlanishicha, taklifnomalar Jahon Janubi va Sharqi davlatlari, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH), Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (EOI), shuningdek, Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkilotiga (ODKB) a’zo davlatlar tomonidan qabul qilingan. Bundan tashqari, 20 dan ortiq xalqaro tashkilot rahbariyati taklif etildi.
Departament matbuot xizmatining qayd etishicha, forumda xavfsizlik sohasida xalqaro hamkorlik masalalari muhokama qilinadi.