Bugun 27 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Sifatsiz neft mahsulotini sotuvga chiqargan AYOQShga nisbatan 244,6 mln so‘m miqdorida jarima qo‘llanildi

Sifatsiz neft mahsulotini sotuvga chiqargan AYOQShga nisbatan 244,6 mln so‘m miqdorida jarima qo‘llanildi

"O‘zenergoinspeksiya" Namangan viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida “T.N.B.” MCHJga qarashli AYOQShda sotilayotgan AI-92 markali avtobenzindan namunalar olinib, laboratoriyada tahlil qilinganda davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifatsiz) aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida O‘zbekiston Respublikasining 940-sonli Qonunining 43-moddasiga asosan realizasiya qilingan tovar qiymatining 50 foizi miqdorida jami 244,6 mln so‘m miqdorida iqtisodiy sanksiya qo‘llanildi.

Aniqlangan qoldiq saqlanayotgan sifatsiz neft mahsulotlarini sotuvga chiqarmaslik va sifatini qayta tiklash lozimligi bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Kiritildi: 10:26 23.07.2025. O'qildi: 498 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!