O‘zenergoinspeksiya nazorat-kimyo laboratoriyasi tomonidan neft mahsulotlari sifati ustidan nazorat qilish bo‘yicha joylarda muntazam ravishda nazorat tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.
Xususan, joriy yilning shu vaqtiga qadar neft mahsulotlari bo‘yicha olib borilgan sifat nazorati tadbirlari davomida 613 ta ob’ektdan 1 773 ta tahlillar olindi. Tahlil natijalariga ko‘ra, 210 ta ob’ektda 331 ta holatda 8 485 881 litr neft mahsulotlari sifatsizligi aniqlanib, sotuvga chiqarilishi oldi olindi.
Aniqlangan holatlar yuzasidan mahsulot sifitini tiklash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi va uning bajarilishi nazoratga olindi.