Rossiya Fanlar akademiyasi olimlari Sibir daryolari suvini Markaziy Osiyoga yo‘naltirish bo‘yicha yangi loyihani muhokama qilmoqda.
Gap Ob daryosining suvlarini Orol dengiziga yo‘naltirish haqida ketmoqda. Xuddi shunga o‘xshash “Burilish” nomli loyiha SSSR davrida ham ishlab chiqilgan, lekin amalga oshmagan.
Endi bo‘lsa olimlar Sibir daryosi suvlarini yopiq plastiq quvurlar orqali, 2100km masofaga Qozog‘iston va O‘zbekiston hududiga yetkazib berish masalasini jiddiy o‘rganib chiqmoqda, deb yozmoqda RBK nashri.