Xitoy va Lotin Amerikasi davlatlari rasmiylari dolzarb xalqaro muammolarni, jumladan, Ukraina inqirozini hal qilishga ko‘maklashadi. Bu haqda XXR raisi Si Szinpin ma’lum qildi.
"Xitoy va Lotin Amerikasi davlatlari haqiqiy ko‘p tomonlamalikni amalga oshirmoqda, xalqaro adolatni birgalikda himoya qilmoqda, global boshqaruv tizimini isloh qilishni ilgari surmoqda, dunyoning ko‘p qutbliligi va xalqaro munosabatlarni demokratlashtirishga hissa qo‘shmoqda," - dedi u "Xitoy - Lotin Amerikasi va Karib havzasi davlatlari hamjamiyati (CELAC)" forumining 4-vazirlar uchrashuvining ochilish marosimida so‘zlagan nutqida. - Xitoy va Braziliya birgalikda Ukraina inqirozini siyosiy yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha olti banddan iborat konsensusga erishganini e’lon qildi, 110 dan ortiq davlat bunga ijobiy munosabat bildirdi."
Si Szinpinning aniqlik kiritishicha, XXR hukumati Lotin Amerikasi davlatlari bilan birgalikda "xalqaro dolzarb muammolarni hal qilishda donolik va kuch qo‘shish" niyatida. Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy va Lotin Amerikasi "taqdirli hamjamiyatga" aylangan.