Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin 18 oktyabr kuni Xitoy Xalq ozodlik armiyasi raketa kuchlari brigadasiga tashrif buyurib, harbiylarni urushga tayyorgarlikni kuchaytirishga chaqirdi.
Xitoy rahbarining nutqi CCTV orqali namoyish etildi.
Si Szinpinning aytishicha, harbiylar "urushga tayyorgarlikni har tomonlama kuchaytirishi va qo‘shinlarning ishonchli jangovar tayyorgarligini ta’minlashi kerak". Shuningdek, u xitoylik askarlarning "strategik to‘xtatuvchi va jangovar imkoniyatlarini kuchaytirishi" kerakligini ta’kidladi.