Bugun 25 aprel, 2025 yil, juma

КИР

Si Szinpin Vyetnam, Malayziya va Kambodjaga boradi

Si Szinpin Vyetnam, Malayziya va Kambodjaga boradi

Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin 14-18 aprel kunlari Vyetnam, Malayziya va Kambodjaga davlat tashrifi bilan boradi. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.

Vyetnam Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi bosh kotibi To Lam va Vyetnam prezidenti Liong Kiongning taklifiga binoan Xitoy raisi Si Szinpin 14-15 aprel kunlari Vyetnamga davlat tashrifi bilan boradi, deb juma kuni Xitoy TIV rasmiy vakili xabar berdi.

U shuningdek, Malayziyaning Oliy hokimi Ibrohim Sulton Iskandar va Kambodja qiroli Norodom Sixamonining taklifiga binoan 15-18 aprel kunlari Malayziya va Kambodjaga davlat tashrifi bilan boradi.

Vyetnam, Malayziya va Kambodja Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari uyushmasi (ASEAN) a’zolaridir. 2024 yilda Xitoyning ASEAN davlatlari bilan savdo aylanmasi 982,33 milliard AQSh dollarini tashkil etdi.

1967 yilda tashkil etilgan ASEANga Bruney, Kambodja, Indoneziya, Laos, Malayziya, Myanma, Filippin, Singapur, Tailand va Vyetnam kabi davlatlar kiradi.

Kiritildi: 10:03 14.04.2025. O'qildi: 819 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!