Bugun 25 aprel, 2025 yil, juma

КИР

Oddiy joystik – qotil qurol? Yevropa Rossiyaga ishonmayapti

Oddiy joystik – qotil qurol? Yevropa Rossiyaga ishonmayapti

Evropa nima uchun Rossiyaga videoo‘yin joystiklarini eksport qilishni taqiqlamoqda?

Buyuk Britaniya Rossiyaga videoo‘yin joystiklarini eksport qilishni taqiqlashini e’lon qildi, chunki ulardan urushda kichik dronlarni boshqarish uchun foydalanish mumkin.

Sanksiyalar vaziri Stiven Douti aytishicha, bu taqiq "o‘yin konsollari endi Ukrainada o‘ldirishga moslashtirilmasligini" anglatadi. U yana Buyuk Britaniya Rossiyaning ishlab chiqarish imkoniyatlarini cheklash maqsadida kimyoviy moddalar, elektronika, mashina uskunalari va metallar eksportini ham to‘xtatayotganini qo‘shimcha qildi.

Evropa Ittifoqi fevral oyida Rossiyaga qarshi kiritilgan sanksiyalarning 16-to‘plami doirasida shunga o‘xshash taqiqni joriy etgan.

Moskva harbiy maqsadlarda foydalanishi mumkin bo‘lgan ikki tomonlama texnologiyalarni cheklash harakatlari doirasida Ittifoq tomonidan joystik va boshqaruvchilar taqiqlangan.

Kiritildi: 21:11 24.04.2025. O'qildi: 1181 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!