Xitoy prezidenti Si Szinpin Xalq ozodlik armiyasi ustidan to‘liq nazoratni mustahkamladi va Tayvanga bostirib kirish imkoniyatini kengaytirdi, deb yozmoqda The Wall Street Journal.
Nashrning xabar berishicha, so‘nggi uch yil ichida Xitoy rahbari oltita yuqori martabali generaldan beshtasini lavozimidan chetlatdi.
Asosiy voqealardan biri Markaziy harbiy komissiya raisining o‘rinbosari va Si Szinpinning bolaligidan beri bilgan yaqin ittifoqchisi general Chjan Yusyaning hibsga olinishi bo‘ldi. Maqolada aytilishicha, uning 24-yanvarda e’lon qilingan lavozimidan chetlatilishi Xitoy harbiy rahbariyatini Xitoy rahbarining qarorlarini cheklashga qodir shaxslardan mahrum qildi.
Avvalroq, Si Szinpin Xitoy Markaziy harbiy komissiyasidagi vise-prezidentni davlatga xiyonat qilishda ayblayotgan haqida xabar bergan edik..