Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Si Szinpin Putinga yadro urushini qoralagan – Borrel

Si Szinpin Putinga yadro urushini qoralagan – Borrel

Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin 20-22 mart kunlari Rossiyaga tashrif buyurib, Vladimir Putin bilan uchrashgani haqida xabar berilgandi. Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel ushbu tashrif yadro urushi xavfini kamaytirganini ta’kidladi. Bu haqda "Financial Times" xabar berdi.

Borrelning aytishicha, Xitoy rahbari safari chog‘ida Putinga yadro qurollarini joylashtirmasligi kerakligini "juda aniq" aytgan. Shuningdek, u Xitoyning 12 banddan iborat Ukraina tinchlik rejasiga ishora qilib, yadro urushini qoralagan.

AQSh Pekin o‘z ittifoqchisiga qurol yuborishni reja qilayotgani haqida ogohlantirganiga qaramay, Borrel bunga hech qanday dalil yo‘qligini va ular "qizil chiziqni kesib o‘tmagani"ni ta’kidladi. Biroq, Yevropa Ittifoqi rasmiysi Xitoyni Hindiston kabi "vaziyatdan foydalanib qolayotganlikda" aybladi. Boisi, Xitoy sanksiyalar ostidagi Rossiya neftini arzon narxda sotib olib, unga iqtisodiy yordam taklif qilmoqda.

Kiritildi: 21:15 25.03.2023. O'qildi: 1377 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!