Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Si Szinpin Putindan o‘rnak olmoqda va Ikkinchi jahon urushi xotirasini siyosiy maqsadlarda ishlatmoqda

Si Szinpin Putindan o‘rnak olmoqda va Ikkinchi jahon urushi xotirasini siyosiy maqsadlarda ishlatmoqda

SHHT (Shanxay Hamkorlik Tashkiloti) sammiti doirasida Vladimir Putin bilan uchrashuvda XXR raisi Si Szinpin Xitoy va Rossiyani Ikkinchi jahon urushida g‘alaba qozongan asosiy davlatlar deb atadi va bu ikki davlat «urush tarixiy haqiqatini himoya qilishda qat’iy» ekanini aytdi.

Biroq Xitoy rahbari AQSh va boshqa ittifoqchilarning urushdagi hissasi haqida lo‘m-mim demadi. Garchi AQSh ham Xitoyga, ham Sovet Ittifoqiga katta yordam ko‘rsatgan edi. Masalan, AQSh faqat Yaponiyaga qarshi urush olib bormagan, balki Xitoyga harbiy maslahatchilar yuborgan, amerikalik uchuvchilar Xitoyda jangovor topshiriqlar bajargan. Chunki o‘sha paytda Xitoy armiyasi yapon bosqinini mustaqil ravishda to‘xtata olmagan edi.

Washington Post gazetasi yozishicha, Si Szinpinning bu bayonoti — tarixni qayta yozishga urinish. Pekinda Ikkinchi jahon urushi tugaganining 80 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan tantanalar oldidan, davlatga yaqin bir necha olimlar, OAV va tahliliy markazlar urush davridagi AQSh yordamining ahamiyatini kamaytirishga harakat qilgan.

Xuddi shunday yondashuvni Putin boshchiligidagi Rossiya ham olib bormoqda. Sovet Ittifoqi, shubhasiz, Gitlerga qarshi kurashda hal qiluvchi rol o‘ynagan, ammo Kreml bugungi kunda g‘arb ittifoqchilarining rolini kamaytirishga intiladi. Molotov-Ribbentrop pakti haqida esa Rossiya deyarli eslamaydi.

Germaniyaning Xristian-demokratik ittifoqi (XDI) partiyasi deputati va Xitoy bo‘yicha ekspert Yoxannes Folkmann BILD gazetasiga bergan intervyusida shunday dedi: Pekinning tarixga yangi yondashuvi «Xitoy ekspansionizmi uchun poydevor yaratishga qaratilgan», xuddi Putin Ikkinchi jahon urushi va fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga suyanib, qo‘shni davlatlarga nisbatan tajovuzini asoslashga uringani kabi. Tayvanga bosib kirish bilan tahdid qilayotgan Xitoy esa urush xotirasini Tinch okeani mintaqasida ustunlikka erishish uchun vosita sifatida qo‘llamoqda.

Kiritildi: 15:17 03.09.2025. O'qildi: 1332 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!