Tomonlar Xitoy va AQSh o‘rtasidagi munosabatlarni o‘zaro hurmat, adolat va tenglik asosida rivojlantirishga kelishib oldi. Shuningdek, savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Si Szinpin Xitoy-Amerika munosabatlari istiqbolini «porloq» deb atadi, biroq ikki davlat o‘rtasida kelishmovchiliklar saqlanib qolishini ta’kidladi. Tomonlar muzokaralarni yil oxiriga qadar davom ettirishga kelishdi.
Tashrifning ramziy natijalaridan biri «panda diplomatiyasi»ning qayta tiklanishi bo‘ldi. Si Szinpin ikki panda — Pin Pin va Fu Shuan yaqin kunlarda Xitoydan Atlanta zooparkiga yuborilishini ma’lum qildi.
Xitoy pandalarni xorijiy zooparklarga berishdan o‘nlab yillar davomida diplomatik vosita sifatida foydalanib keladi. Pandalar Xitoy mulki bo‘lib, xorijiy zooparklarga ma’lum muddatga beriladi.
Si Szinpinning AQShga tashrifi 23 sentyabrda boshlangan va uning 11 yil ichidagi birinchi davlat tashrifi bo‘lgan. Tramp Xitoy rahbarini samolyot trapida shaxsan kutib olgan. Oq uydagi kechki ovqatda esa unga oqboshli burgut haykali sovg‘a qilingan.