AQSh prezidenti bu haqda NBC News telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, tashrif AQSh va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilashga qaratilgan. Ikki davlat savdo masalalari sababli yuzaga kelgan keskinlikni yumshatishga intilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, Tramp aprel oyida Xitoyga tashrif buyurishi kutilmoqda. Shundan so‘ng Si Jinpin ham Qo‘shma Shtatlarga boradi.
Shu bilan birga, Tramp 5 fevral kuni Xitoy rahbari bilan videokonferensiya orqali o‘tkazilgan suhbatda savdo, Tayvan masalasi, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urush hamda Eron atrofidagi vaziyatni muhokama qilganini bildirdi.