Shveysariya hukumati chorshanba kuni kelgusi qishda mamlakatda tabiiy gaz taqchilligi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan taqdirda chora-tadbirlar rejasini e’lon qildi, deyiladi hukumat saytidagi bayonotda.
“Agar omborlarni rejaga muvofiq to‘ldirish imkoni bo‘lmasa, kelgusi qish mavsumida gaz taqchilligi yuzaga kelishini istisno qilib bo‘lmaydi”, — deyiladi xabarda.
Ushbu rejaga ko‘ra, gaz taqchilligi yuzaga kelgan taqdirda aholi xonadonlari va korxonalar gazdan foydalanishni qisqartirishi kerak bo‘ladi. Agar bu chora-tadbirlar yetarli bo‘lmasa, mamlakat rasmiylari gazni kvotalar bo‘yicha taqsimlash tizimiga o‘tishi mumkin. Shveysariya hukumati gaz iste’moliga nisbatan boshqa cheklovlarni ham istisno qilmaydi.
Hisobotda qayd etilishicha, mamlakatga gaz yetkazib berishning to‘rtdan uch qismi Germaniya orqali o‘tadi, shuning uchun “Evropa Ittifoqi va xususan, Germaniyada gaz tanqisligi Shveysariyaga ta’sir qiladi”.