Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Shveysariyada talaba hibsga olindi

A A A
Shveysariyada talaba hibsga olindi

“tio.ch”ga asoslanib “segodnya.ua”ning xabar berishicha, Bellinson shahridagi biznes maktabi talabalari va xodimlarini o‘ldirish bilan tahdid qilgan talaba hibsga olindi.

Polisiya tomonidan aniqlagan ma’lumotlarda aytilishicha, 19 yoshli gumonlanuvchi 10 may kuni o‘z uyida ommaviy qotillikni rejalashtirishda gumon qilinib hibsga olingan. Bundan tashqari, Shveysariya ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, huquq-tartibot idoralari xodimlari talabaning Tichinodagi uyini tintuv qilish jarayonida 20 ga yaqin to‘pponcha va boshqa qurol-yaroqlarni topishgan.

Shubhali talaba haqida xabar polisiyaga o‘qituvchilar tomonidan yetkazilgan. Mahalliy tarbiya bo‘limi vakilining so‘zlariga qaraganda, ayblanuvchi juda yaxshi talaba, ammo shaxsiy hayotida biroz muammolar bo‘lgan.

Ma’lum bo‘lishicha, mahbus og‘ir ruhiy kasallikga chalingan. Shu boisdan ham qo‘lga olingan kundan boshlab maxsus shifoxonada nazorat ostiga olingan.

Kiritildi: 08:58 12.05.2018. O'qildi: 1221 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik